Kichkina og‘iz ham katta gaplarni so‘zlashi mumkin! – Hamzatovdan xalqona hikmatlar
9 декабр, 2025
Odam tilga kirishi uchun ikki yil kifoya, lekin tilini tiyib turishni o‘rganishi uchun oltmish yil kerak bo‘ladi. * * * O‘tkir fikrni jo‘n ifoda etish, qo‘zichoqni och bo‘riga ro‘para qilishday bir gap. * * * Biz Vatanni ta…

Odam tilga kirishi uchun ikki yil kifoya, lekin tilini tiyib turishni o‘rganishi uchun oltmish yil kerak bo‘ladi.

O‘tkir fikrni jo‘n ifoda etish, qo‘zichoqni och bo‘riga ro‘para qilishday bir gap.

Biz Vatanni tanlamaymiz, chunki Vatan bizni allaqachon tanlab bo‘lgan.

Qasr hech qachon tovuqxonani, tovuqxona esa hech qachon qasrni esga solmasligi kerak.

Urush hech qachon dunyoda odamlar sonini ko‘paytirmaydi, lekin u yerdagi qahramonlar sonini oshiradi.

Orzular odamzod umr rishtasi uziladigan chegaradan ham o‘tib ketadi va asrlar osha uchaveradi.

Yolg‘on har doim yolg‘on, haqiqat har doim haqiqat. Ular hech qachon arzimas va ulkanga ajratilmaydi.

Til xalqqa bir umrga beriladi, uni o‘zgartirib ham, yo‘qotib ham bo‘lmaydi.

Kichkina kalit bilan katta sandiqlarni ochish mumkin.

Kichkina og‘iz ham katta gaplarni so‘zlashi mumkin.

Odam – faqat atama emas, – unvon, unvon bo‘lganda ham, juda yuksak unvon. Bu yuksak unvonga munosib bo‘lish uchun bir umr intilish kerak.

Nomdan ulug‘, hayotdan aziz narsa yo‘q. Ularni qadrla!

O, ona tilida o‘ylayotgan va kuylayotgan odamlar! Sizga ham tashakkur!

Hamisha onalar go‘zal, onalar aytgan qo‘shiqlar go‘zal.

Agar belanchaklar uzra allalar aytilmaganda, ehtimol, dunyoda boshqa qo‘shiqlar yaratilmasdi.

Onalar – dunyoning eng birinchi shoirlari!

Onalar allasi – odamzod yaratgan qo‘shiqlarning ibtidosi.

Qo‘shiq yurakda yaraladi, yurak uni tilga beradi, til esa odamlarning yuragiga yetkazadi, odamlarning yuraklarida asrlardan asrlarga o‘tadi.

Ziyouz.uz