Javohir Sindarov — shaxmat bo‘yicha jahon kubogi sohibi!
27 ноябр, 2025
Kimdir der: “Ne yangi, nimasi yangi?”, Bizda bari yangi, hammasi yangi. “Yo‘l bering O‘zbeklar kelayotirlar!”, Har bir so‘zi yangi, jumlasi yangi. Shaxmatda aqllar bellashadilar, Shaxmatda to‘qnashar bilim, zakovat. Tafakkur…

Kimdir der: “Ne yangi, nimasi yangi?”,

Bizda bari yangi, hammasi yangi.

“Yo‘l bering O‘zbeklar kelayotirlar!”,

Har bir so‘zi yangi, jumlasi yangi.

Shaxmatda aqllar bellashadilar,

Shaxmatda to‘qnashar bilim, zakovat.

Tafakkur shiddati, gen sharofati,

Shaxmatda ko‘rinar qondagi qudrat.

Kimdir der: “Ne yangi, nimasi yangi?”,

Bizda bari yangi, hammasi yangi.

Yurtboshim, bolam deb bag‘riga bosgan,

“Oltin avlod” yangi, atamasi yangi.

Kutishga chiqamiz aeroportga,

Karnay, surnaylarning nag‘masi yangi.

“Yo‘l bering o‘zbeklar kelayotirlar!”,

Hilpirar bayrog‘i, tamg‘asi yangi.

Kimdir der: Ne yangi, nimasi yangi?”,

Nahot ko‘rmayapsan, hammasi yangi.

Bebaho Nodiri, Javohirlari,

Karvonlari yangi, kemasi yangi.

“Mestir Sindarov-janob Sindarov”,

Dunyoning yangi, atamasi yangi.

Kecha paxta terardik, maktablar yopiq,

Sovuq nolishlarim o‘tmishda qoldi.

“Oq oltinni oltin qo‘llar teradi”,

Eski kalishlarim o‘tmishda qoldi.

Qo‘llari yorilgan oltin odamlar,

Qor bosgan dalada izlari qoldi.

“O‘lmagan qul ko‘raverar”- deb,

Dard to‘la nolasi, so‘zlari qoldi.

Endi bari yangi, hammasi yangi,

Bu yorug‘ kunlari, tonglari yangi.

“Yo‘l bering o‘zbeklar kelayotirlar!”,

Dunyo e’tirofi, bonglari yangi.

Hindiston olqishladi Bobur avlodin,

Unda ham Ganga-yu, Jamnasi yangi.

O‘zbekdan yaxshilik ko‘rgan ular ham,

“Toshkent ko‘rgan”larning hammasi yangi.

“Mister Sindarov – janob Sindarov”,

Ortga qaytmas yo‘lbars hamlasi yangi.

Bizning ko‘chamizda bayramlar yangi,

Bizda bari yangi, hammasi yangi.

Zulfiya Mo‘minova

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan

madaniyat xodimi,

“Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi