Bugungi kunda xalqimizning urf-odatiga aylangan o‘zbek to‘ylari haqida fikrlashmoqlikni va mulohaza qilmaslikni ilojisi yo‘q. O‘zbek xalqi baxtli damlarini mahalla-ko‘y va qarindosh-urug‘lari, do‘stu birodarlari davrasida elga to&…
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">Bugungi kunda xalqimizning urf-odatiga aylangan o‘zbek to‘ylari haqida fikrlashmoqlikni va mulohaza qilmaslikni ilojisi yo‘q. 
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">O‘zbek xalqi baxtli damlarini mahalla-ko‘y va qarindosh-urug‘lari, do‘stu birodarlari davrasida elga to‘y berib nishonlashni yaxshi ko‘radi. To‘y qilish qadim zamonlardan qolib kelayotgan urf-odatdir.
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">To‘y o‘tmishiga nazar soladigan bo‘lsak, “to‘y” atamasi turkiy so‘z bo‘lib, “toy” yoki “qurultoy” shaklida mo‘g‘ullar va chig‘atoy xonlari davrida ham keng qo‘llanilgan. Aksariyat ma’lumotlarda esa “to‘y” – qadim zamonlardan beri doimo katta jamoa, yuqori martabali zodagonlar, katta hajmdagi yig‘in, cheklanmagan miqdordagi ziyofat va dabdaba bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan odatligi aniqlangan.
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">Jamiyat rivojlanishiga qarab, madaniyatimiz va urf-odatlarimiz ham o‘zgarib boraveradi. O‘zbek xalqi uchun, oilaviy marosimlar va urf-odatlar muhim ahamiyat kasb etadi. To‘ylar va turli xil marosimlarni ortiqcha dabdababozlik bilan o‘tkazilishi urfga aylanib borayotganligi achchiq haqiqatdir. Aslida to‘y va marosimlar xalqimizni birlashtiruvchi urf-odatlarimizdan biri sanaladi. To‘y va marosimlarni o‘tkazishda oila iqtisodiyotidan kelib chiqib, sarf-xarajaat qilinsa ayni mudaoo bo‘lardi.
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">Asosan, to‘ylarimizdagi ortiqcha sarf-xarajatlar, dabdababozliklar me’yoridan oshib ketayotganligi iqtisodiy zararni keltirib chiqarayotgan bo‘lsa, o‘zbek millatiga xos bo‘lmagan, milliy qadriyatlarimiz va mentalitetimizga zid bo‘lgan hatti-xaraktlar ma’naviy me’yorlarimizga ham ta’sir ko‘rsatayotganligi ayni haqiqatdir.
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">Aslida to‘y va marosimlarni o‘tkazish tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, ortiqcha dabdababozlik ma’naviyatimiz va madaniyatimiz uchun illat ekanligini guvohi bo‘lamiz. Shariatda ham marosimlarda chegaradan chiqishning zarari borligi ko‘rsatib o‘tilgan. Misol uchun, harom-harish narsalarni tanovul qilish va gunoh ishlarni amalga oshirish, marosimga riyokorlik, kibr, manmanlik va isrofni aralashtirish, ortiqcha sarf-xarajat qilib o‘ziga ham, o‘zgalarga ham zarar yetkazish marosim savobini yo‘q qiladi. Ulamolarimiz marosimlar haqida kelgan sha’riy qoidalarni batafsil o‘rganib va tahlil qilib bo‘lganlaridan keyin qaysi marosimlar shariatda borligini belgilab berishgan. Masalan, “Al-Insof” nomli kitobda “Odamlarni chorlab, marosim qilib beriladigan taomlar o‘ntadir” deyilgan.
<span style="font-family:"Times New Roman",serif"> Keltirilgan marosimlardan ikkitasiga alohida to‘xtalib o‘tsak:
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">Valiyma-kelin tushirish <span style="font-family:"Times New Roman",serif">(nikoh to‘yi) marosimi. Nikoh to‘yini kuyov taraf kelinning sharafiga uyushtiradi. Bu xanafiy mazhabi bo‘yicha sunnat amaldir. Ushbu to‘y orqali nikoh e’lon qilinadi. To‘yga hozir bo‘lgan musulmonlar jamoasining yangi oila, kelin-kuyov haqiga duolar olinadi.
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">Aziyra-xatna <span style="font-family:"Times New Roman",serif">(sunnat to‘y) munosabati ila o‘tkaziladigan marosim. O‘g‘il bolalarni xatna qildirish sunnatdir. O‘g‘il bolalarni xatna qildirish munosabati bilan kamtarona dasturxon yozilib, uning haqqiga duo olish niyati bilan o‘tkaziladi. Marosim egasi ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘ymasligi alohida ko‘rsatib o‘tilgan.
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">Bugungi kunga kelib to‘y va marosimlarimiz kim o‘zarga aylanib, ortiqcha sarf-xarajatlar, dabdababozlik va madaniyatsizlik ummoniga g‘arq bo‘lmoqda.
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">Farzandlarimiz uchun dasturxon yozib, sunnat tuylarini o‘tkazar ekanmiz, oziq-ovqatlar, turli xil noz ne’matlarni isrof qilish barobarida, ishtirokchilar o‘rtasida sovg‘a-salom ulashish, oldi-berdi avjiga chiqmoqda.
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">Nikoh to‘ylariniku gapirmasak ham bo‘ladi? Quda-andalar o‘rtasidagi “oldi-berdi” avjida. Aslida yuqorida zikr etganimizdek, nikoh to‘yini kuyov taraf kelinning sharafiga uyushtirishi, to‘yga hozir bo‘lganlar yangi oila, kelin va kuyov haqiga duo qilishlari kerak. Hozirgi kundagi nikoh to‘ylarini kuzatar ekansiz, afsus va nadomatdan yoqa ushlaysiz.
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">Eng achinarlisi ota qizi bilan birgalikda kuyov sarpo va yotoq mebeli tanlab, mebellarni kuyonikiga jo‘natvoradi. Endi haqli savol tug‘iladi, bo‘lajak kuyovlarimizdagi izzat-nafs, g‘urur qayda qoldi? Qachondan buyon o‘zbek yigitlari qiz tomonni ehsoniga, muruvvatiga zor bo‘lib qoldi? Yoki kuyov jo‘ralar qiz tomondan jo‘natilgan taomlarni hazm qiladigan darajaga borib qoldi? Bu holni to‘qlikka sho‘xlik deb atasak ham xato bo‘ladi. Bu holni o‘ta madaniyatsizlik, bilimsizlik va shariat qonunlarini tushunmaslik, deb baholash mumkin.
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kelinning xonadonidagi “kuyov jo‘ralarning muruvvati” haqida gapirmasak ham bo‘ladi. Kuyov jo‘ralar chaqirilgan xonadondagi noz-ne’mat to‘la dasturxon ustidaga janjalga nima deb baho berish mumkin? Avvalombor “urf”ga aylangan bu marosim kimga kerak? O‘zbek yigitlari uyalmasdan kelinning xonadoniga borib taomlanishi, kamiga kelinning ukasi va otasini kaltaklanishi qaysi qonunchilik me’yorlarimizga yoki islom shariatiga to‘g‘ri keladi? 
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">O‘tgan oyda sinfdosh o‘rtog‘im qiz chiqardi. Oddiy oila, qishloqda istiqomat qiladi. To‘g‘risi ish, tashvish deb, qishloq to‘ylarida ishtirok etmaganimga ham ancha bo‘lgandi. Tasavvurimda, 1990-98 yillarning nikoh to‘ylari qolib ketgan ekan. Ikkita sandiq, ko‘rpa-tushak, yangi oila uchun idish-tovoq, iloji yetsa bir dona kiyim javoni. (Buniyam mahalla-ko‘y, qarindosh-urug‘, qo‘ni-qo‘shni birgalikda amalga oshirishar edi). 
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">Vohaning eng chekka qishlog‘idagi dabdababozlikdan boshingiz aylanadi. “Kuyov sarpo” (Kostyum shim, sport kiyimlari, poyafzal, ko‘ynaklar, ro‘molchadan tortib, ich kiyimgacha xarid qilinar ekan), yotoq mebeli va pardalar, gilam va ko‘rpa-to‘shaklar, kuyovning o‘rtoqlari uchun 10 xildan ortiq taomni o‘z ichiga olgan “9 tovoq”, qaynona va qaynsingil uchun tilla taqinchoq, qarindoshlar uchun sovg‘a-salomlar, sarpolar, quda chaqiriq, qiz chaqiriq va hokazolar.
<span style="font-family:"Times New Roman",serif"> To‘ydan so‘ng o‘rtog‘imdan qancha sarf-xarajat ketganligini so‘radim. 70-80 million deb aytdi. Eng og‘riqli tomoni qarz va kredit olishib, to‘y qilishibdi. O‘zimizni ham baholi qudrat yiqqanimiz bor edi, deydi. O‘sha yiqqaninglarga soddaroq qilib to‘y qilsanglar bo‘larkan, dedim. Unda orzu-havasimiz qayerda qolardi, dedi. Orzu havas natijasi ularoq kelinning akasi va ukasi xorijga mardikorlikka ishga ketishdi. Qarzni qaytarish, kreditlarni yopish kerak. Eng qizig‘i, kuyov bola ham qaynog‘alari bilan birga ketibdi. Demak, kuyov tomonda ham “orzu-havas” mo‘l bo‘lgan. 
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">Oilaning iqtisodiy o‘lchovini inobatga olmaslik, daromad va xarajatning uyg‘unligiga e’tibor qaratmaslik, ko‘r-ko‘rona qarzni bo‘yniga olish – bu madaniyatsizlik va bilimsizlikdan, ma’naviy ojizlikdan boshqa narsa emas. Yana bir haqiqatni ochiq-oydin aytishimiz kerakki, bu “orzu-havas” ni boshida ayollarimiz turishibdi. 
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">To‘y va marosimlarning asl mohiyati qolib, soxta obru orqasidan qo‘vib, manmanlikka berilish,“men sendan kammi?”-qabilida hayotga yengil qarash, buning oqibatida qarzga botish hollari ko‘paygandan- ko‘payib bormoqda. Bu nafaqat oilalarning iqtisodiy inqiroziga, balkim ma’naviy muhitiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Oqibatda, yosh kelin-kuyovlar yangi turmushni qarz asosida boshlab, yillar davomida qarzdan qutulish uchun ruhiy bosim asosida hayotlarini davom ettirishadi. Bu oiladagi sog‘lom ma’naviy muhitga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">Bu holat jamiyatdagi og‘riqli va nosog‘lom muhitning barqarorligini ta’minlabgina qolmasdan, ijtimoiy munosabatlarda ham muammolarni keltirib chiqarmoqda.
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">So‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, to‘ylarning 70-80 foizida 300-500 kishi qatnashadi, xarajatlar esa 50-100 mln so‘mga yetadi. Bu esa aksariyat oilalarni moliyaviy qiyinchilikka, 45-50 foiz holatda esa qarz olishga olib kelmoqda. Amalda ma’naviy mezonlarimiz zavoli bo‘lgan manmanlik, dabdababozlik, kibr, o‘zgalarga taqlid qilish, kim o‘zarga to‘y qilish, “birrovchi”larni qatorlashtirib olib kelish kabi salbiy holatlar urchib bormoqda. 
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">Joriy yilning yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda turli darajadagi to‘y va marakalarga yillik hisobda o‘rtacha 2,38 milliard dollar sarflanayotganligi ma’lum bo‘ldi. Bu mablag‘ni milliy iqtisodiyotimizdan kelib chiqib tahlil etadigan bo‘lsak, ayrim sohalardagi yillik davlat sarflariga tengligini ko‘ramiz. 
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">Ma’lumki, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi kengashi va Senati Kengashining 2019 yil 14 sentyabrdagi qo‘shma qarori bilan “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishni tartibga solish to‘g‘risidagi Nizom” tasdiqlangan. Ushbu Nizom 2020 yil 1 yanvardan kuchga kirgan va hozir ham qonuniy kuchga ega.
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">Qo‘shma qaror va Nizomga muvofiq, joylarda to‘y-hashamlarni 200-250 kishidan ko‘p bo‘lmagan, san’atkorlar ishtiroki ikki guruhdan oshmagan, dabdababozlik, hashamdorlik, pul sochish, shuhratparastlik kabi illatlarga yo‘l qo‘ymagan holda o‘tkazish belgilangan. Ma’rakalarning ham isrofgarchiliksiz, milliy qadriyatlarimizga mos tarzda o‘tkazilishi qat’iy ko‘rsatib o‘tilgan.
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">Davlatimiz rahbarining 2025 yil 21 aprelda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni doirasida ishlab chiqiladigan yigirmadan ortiq muhim hujjat orasida aynan to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’rakalar va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish bo‘yicha qaror loyihasini mavjudligi ham bejizga emas.
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">Mamlakatimizda to‘y, oilaviy tantana, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish tizimini tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarning asl mohiyatini xalqimizga yetkazish uchun “Ma’naviy- profilaktik” tadbirlarni amalga oshirib borish lozimligini davrni o‘zi taqozo etmoqda.
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda tegishli vazirlik va idoralar tomonidan to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni ixchamlashtirish, xalqimiz orasida ixchamlik, oddiylik va maromiylikka asoslangan to‘y va ma’rakalarni milliy qadriyatlarimizga mos ravishda dabdabadan xoli o‘tkazishni targ‘ib etish, ma’naviyatimizga zid bo‘lgan, o‘zligimizni kemiruvchi illatlarga qarshi ayovsiz kurashish maqsadida butun mamlakatimiz bo‘ylab “Dolzarb 90 kun” mavsumi e’lon qilindi.
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston mahallalar uyushmasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlar idorasi tomonidan “Maromiylik” dasturi ishlab chiqildi va harakatga qaratildi.
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">Mazkur dasturni amalga oshirishdan ko‘zlangan maqsad, to‘y va marosimlarni ixcham, oddiy, isrofgarchiliksiz, qadriyatlarimizga mos va xos ravishda me’yorida o‘tkazish ya’ni maromiylikka asoslangan holda kundalik hayotimizga kiritishdan iboratdir. Dastur doirasida “Ixchamlik – bu madaniyat” g‘oyasini aholi orasida keng ko‘lamda targ‘ib etish nazarda tutilgan. 
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">Bugungi kunda milliy qadriyatlarimizga va an’analarimizga zid bo‘lgan, ortiqcha sarf-xarajatlarni, dabdababozliklarni o‘z ichiga olgan to‘y va marosimlarni ixchamlashtirishga, “urf”ga aylanayotgan manmanlik, o‘z-o‘zini ko‘z-ko‘z qilish, bir kunlik to‘y va marosim uchun qarz balosiga giriftor bo‘lish kabi salbiy illatlarga qarshi kurashish uchun har birimiz mas’ulmiz.
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">Shu bilan bir qatorda qonun ustuvorligi va adolat tamoyillarini ta’minlash vazifamiz va burchimiz ekanligini ham unutmasligimiz kerak.
<span style="font-family:"Times New Roman",serif"> PARDAXOL NORQOBILOVA, 
<span style="font-family:"Times New Roman",serif"> Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi 
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">bosh mutaxassisi, 
<span style="font-family:"Times New Roman",serif"> “Ayol ma’rifati” jamoatchilik kengashi a’zosi. 