I nson iyatga tug‘ilganidan to oxirgi nafasigacha hamroh bo‘ladigan muqaddas ne’mat bu uning ona tilidir . Til har bir xa lqning milliy o‘zligi, madani y boyligi, ma’navi y qiyofasini namoyon etadi . Shu sabab tiliga bo‘lgan muhabbat &m…
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">I<span style="font-family:"Times New Roman",serif">nson<span style="font-family:"Times New Roman",serif">iyatga <span style="font-family:"Times New Roman",serif">tug‘ilganidan to oxirgi nafasigacha hamroh bo‘ladigan muqaddas ne’mat <span style="font-family:"Times New Roman",serif">bu uning ona tilidir<span style="font-family:"Times New Roman",serif">. <span style="font-family:"Times New Roman",serif">Til <span style="font-family:"Times New Roman",serif">har bir <span style="font-family:"Times New Roman",serif">xa<span style="font-family:"Times New Roman",serif">lqning milliy o‘zligi, madani<span style="font-family:"Times New Roman",serif">y boyligi, <span style="font-family:"Times New Roman",serif">ma’navi<span style="font-family:"Times New Roman",serif">y qiyofasini namoyon etadi<span style="font-family:"Times New Roman",serif">. Shu <span style="font-family:"Times New Roman",serif">sabab <span style="font-family:"Times New Roman",serif">tiliga bo‘lgan muhabbat — bu faqat tilni <span style="font-family:"Times New Roman",serif">yaxshi <span style="font-family:"Times New Roman",serif">bilish emas, balki millatga, <span style="font-family:"Times New Roman",serif">qadriyatlarga, <span style="font-family:"Times New Roman",serif">tarixga bo‘lgan hurmatning yuksak ko‘rinishidir. 
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">Jadid bobolarimiz ham <span style="font-family:"Times New Roman",serif">ona tilini nafaqat o‘rganish, balki uni asrash, sof qo‘llanilishiga e’tibor qaratish har bir insonning kundalik hayotida ustuvor bilishi kerakligini uqtirishgan. Zero, til yo‘q ekan, millat ma’nan yo‘qolib boradi. 
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">O‘tmishda sinovli yo‘lni bosib o‘tgan, ba’zan e’tibordan chetda qolgan, ba’zan kamsitilgan o‘zbek tilining nafaqat yurtimizda balki, dunyo miqyosida mavqeini oshirish borasida jiddiy qadamlar tashlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xalqaro minbarlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zbek tilida nutq qilmoqda. <span style="font-family:"Times New Roman",serif">Nufuzli xorijiy anjumanlarda ona tilimizdagi ma’ruzalar tinglanmoqda. <span style="font-family:"Times New Roman",serif">Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida o‘zbek tili faol qo‘llanilmoqda.<span style="font-family:"Times New Roman",serif"> Jahonning yetakchi ilm maskanlarida o‘zbek tili o‘rgatilmoqda. Ye<span style="font-family:"Times New Roman",serif">takchi elektron platformalarida o‘zbek tilidagi kontent kengaymoqda. <span style="font-family:"Times New Roman",serif">Bu nafaqat tilning, balki butun o‘zbek xalqining ma’naviy yuksalishi, millat sifatida shakllanganini ifoda etmoqda. 
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">Endi mulohaza: O‘zbek tilining nufuzini oshirish bo‘yicha keng miqyosda islohotlar olib borilayotgan, turli millat vakillari tilimizni sevib, ardoqlab o‘rganayotgan bir paytda o‘zimiz til mas’uliyatini qay darajada xis qilyapmiz?! Uning sofligini qanchalik saqlay olyapmiz?! To‘g‘ri, ona tilimizning maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlandi, ammo amaliyotda hamon yechimini kutayotgan masalalar yetarlicha. Har qancha qonun-qoida qabul qilinmasin, amaliyotdagi holat tilga bo‘lgan munosabatni aniq ko‘rsatadi. 
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">E’tibor bering, ko‘chalarda, reklama bannerlarida, savdo markazlarida ko‘pincha ruscha yoki inglizcha yozuvlar ustuvor. Bu milliy tilning ko‘zga ko‘rinmasligiga sabab bo‘ladi. Ayrim davlat va xususiy tashkilotlarda ish yuritish hali ham to‘liq o‘zbek tilida emas. Kundalik muloqotda o‘zbekcha iboralar o‘rniga aralash so‘zlar: ruscha, inglizcha so‘zlar ko‘proq qo‘llanilishi tilning estetik hamda mafkuraviy boyligini sustlashtirishi mumkin. Rasmiy maktublar, hujjatlar, hatto majlislarda ham rus yoki boshqa tillar ustuvor bo‘lib qolmoqda. Bu esa nafaqat qonunbuzarlik, balki tilga nisbatan loqaydlikning, bee’tiborlikning ko‘rinishidir. Agar o‘z davlatimizda o‘z tilimizni ishlatishga uyalaydigan, o‘zga tilga muhtojlik hissini tuyadigan bo‘lsak, unda millat ma’naviyatiga putur yetadi. Bunday holatlarni oldini olish uchun jamiyatda estetik talab, huquqiy nazorat va eng muhimi, ma’naviy mas’uliyatni oshirish har jihatdan muhim.
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">Shu o‘rinda amerikalik tilshunos Noam Chomskining bir fikrini eslatib o‘tmoqchiman. “Til insonning fikrlash qobiliyatini shakllantiradi. Uni yo‘qotish — butun fikrlash tarzini yo‘qotish demakdir.”
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">21 oktabr — faqatgina rasmiy sana emas, balki ona tilimizga hurmat, sadoqat va e’tibor kunidir. Bu faqat tarixiy hodisa emas, balki bugun va kelajakda amaliy qo‘llanishi lozim bo‘lgan ma’naviy vazifadir. 
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">Ona tilimizga hurmat ko‘rsatish — faqatgina bayramlarda she’r o‘qish yo bo‘lmasa chiroyli nutq so‘zlash emas, balki har kuni o‘z o‘qish va ish joyimizda, oilada, ko‘cha-kuyda undan to‘g‘ri foydalanish, uning nufuzini oshirishga hissa qo‘shishdir. Bu hurmat milliy g‘ururni shakllantiradi, madaniyatimizni asrab qoladi. Shu bois har birimiz o‘z tilimizni sof holda asrashimiz, sevishimiz va himoya qilishimiz shart. <span style="font-family:"Times New Roman",serif">Faqat shundagina tilimiz jamiyatda haqiqiy davlat tili bo‘lib, nufuz va mavqe jihatdan yuksalab boradi.
<span style="font-family:"Times New Roman",serif"> Bahora Ahmedova
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi 
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">Axborot xizmati rahbari