Mustaqil davlat sifatida yurtimizda davlat tili masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Davlat tili — bu muayyan davlatda rasmiy ravishda faoliyat yuritadigan, hujjat ishlari, ta’lim, OAV va boshqa sohalarda ishlatiladigan til. Davlat tili davlatning siyo…
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">Mustaqil davlat sifatida yurtimizda davlat tili masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">Davlat tili — bu muayyan davlatda rasmiy ravishda faoliyat yuritadigan, hujjat ishlari, ta’lim, OAV va boshqa sohalarda ishlatiladigan til. Davlat tili davlatning siyosiy, ijtimoiy va huquqiy hayotida muhim o‘rin tutadi.
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">1989 yil 21 oktabr kuni “O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilindi va unga ko‘ra o‘zbek tili davlat tili sifatida belgilandi. <span style="font-family:"Times New Roman",serif">Bu tarixiy hodisa milliy tiklanishning muhim bosqichlaridan biri bo‘ldi. Keyinchalik, 21 oktabr — "O‘zbek tili bayrami kuni" deb belgilandi. O‘zbek tili — juda qadimiy va boy til.
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">Unda Alisher Navoiy, Bobur, Abdulla Qodiriy kabi buyuk allomalar asarlar yozgan.Tilimizni yaxshi bilsak, adabiyotimiz, tarixi va madaniyatimizni ham yaxshi anglaymiz.
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">Vatanimiz mustaqilligining ma’naviy asoslarini mustahkamlash, xalqimiz, avvalo, yosh avlodni milliy qadriyatlarimizga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda o‘zbek tilining ahamiyati tobora ortib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonunining qabul qilinishi ona tilimizning taraqqiyoti, rivojlanishi hamda o‘ziga xos va boy bisotini namoyish etishga keng imkoniyat yaratdi. Til inson qiyofasi va ichki go‘zalligini namoyon etadigan eng go‘zal tuyg‘udir. 
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">O‘z tiliga mehr-muhabbatli inson xalqini, Vatanini, milliy qadriyatlarini, madaniy merosini ham e’zozlaydi. Bejizga bundan besh asr ilgari Alisher Navoiy bobomiz “Tilga e’tibor – elga e’tibor” deya yozmagan.
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">O‘zbek tili dunyodagi qadimiy, go‘zal va boy tillardan biri hisoblanadi. Tilimizdagi hayo, ibo, andisha, oriyat, mehrni yozuvchilarimiz asarlarida yaqqol ko‘rish mumkin. Mahmud Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘atit turk” kitobi, Ahmad Yassaviyning hikmatlari, Alisher Navoiyning “Xamsa”si, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”si, Abdulla Qodiriyning romanlaridagi betakror lutf va lisoniy zebolikka yo‘g‘rilgan jumlalarni so‘zlarini boshqa tilga aynan tarjima qilib bo‘lmaydi. Ularni faqat o‘zbek tilida ifodalash mumkin. Chunki, bu tushunchalar xalqimizga xos va ularni aytishga faqat shu til qodirdir. Bizning ona tilimiz dunyodagi uch mingga yaqin til orasida turkiy tillar oilasiga mansub bo‘lib, jonli til sifatida qipchoq, qarluq, o‘g‘iz lahjalarida namoyon bo‘ladi. O‘zbek adabiy tili esa ana shu lahjalardagi so‘zlarning ma’lum bir me’yoriga keltirilgan shaklidir. U muttasil o‘sib, rivojlanib bormoqda. Uning rivojida so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiyning xizmatlari beqiyos. Hazrat Navoiy til haqida shunday yozadilar: “Ko‘ngil xazinasining qulfi tildir. Ul xazinaning kalitidin so‘z bil“.
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">O‘z ona tilimizga bo‘lgan muhabbatni xalqimizning, odamlarning samimiy suhbatlarida, yuksak axloqiy fazilatlarida ko‘rib, shunday el farzandi ekanligimizdan faxrlanamiz.
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">Til madaniyat ko‘zgusi va ruhimizning qanoti. Biz ona tilimiz orqali xalqlar, millat va elatlar orasida hamisha aziz-u mukarram ekanligimizni aslo unutmasligimiz kerak. O‘zbekona lutf, muomala, milliy qadriyatlar, odob-axloq esa ona tilimiz madaniyatining kalitidir.
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">Tongdek orombaxsh, quyoshdek nurli, ona og‘ushidek issiq, bahordek tarovatli, yozdek haroratli, kuzdek saxovatli, qish qorlaridek beg‘ubor tuyg‘ularimizning tarjimoni bo‘lgan, millatimiz ruhini ifoda etuvchi ona tilimiz, bizni yuksak ma’naviyatga, ma’rifatga, madaniyatga, istiqlolu istiqbolga yetaklovchi bebaho ne’matdir. Shu bois ham har birimiz ona tilimizni asrab avaylashimiz, e’zozlashimiz lozim. Zotan, tilimizga e’tiborli bo‘lsak, millatimiz qalbi ona tilimiz hech qachon zavol topmaydi. Shu o‘rinda ma’rifatparvar bobomiz, o‘z davrida o‘nga yaqin dunyoviy tillarni puxta o‘rgangan olim Ishoqxon Ibratning quyidagi fikrlari e’tiborga molik: “Bizning yoshlar albatta, boshqa tilni bilish uchun sa’y-harakat qilsinlar, lekin avval o‘z ona tilini ko‘zlariga to‘tiyo qilib, ehtirom ko‘rsatsinlar. Zero, o‘z tiliga sadoqat – bu vataniy ishdir”.
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">Musoxon Appaqov,
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">Namangan viloyat bo‘limi rahbari