O‘zbekiston tarixiga birinchi bo‘lib kirish kimlarga nasib qilgan?
8 октябр, 2025
O‘zbekiston tarixiga birinchi bo‘lib kirganlar ko‘p. Ularning ayrimlari keyingi avlod uchun ruhlantiruvchi shaxs bo‘lgan bo‘lsa, boshqalari "narvon" vazifasini bajargan. Quyida ularning ayrimlari bilan tanishasiz . Oqil…

O‘zbekiston tarixiga birinchi bo‘lib kirganlar ko‘p. Ularning ayrimlari keyingi avlod uchun ruhlantiruvchi shaxs bo‘lgan bo‘lsa, boshqalari "narvon" vazifasini bajargan. Quyida ularning ayrimlari bilan tanishasiz.

Oqilxon Sharafiddinov – o‘zbek tilidagi birinchi alifbe darsligi muallifi. 1938-yilda yozilgan mazkur kitob keyinchalik takomillashtirilib, qayta nashr etildi. Hozirgi kunda Toshkentdagi 129-maktab Oqilxon Sharafiddinovning nomi bilan ataladi.

Georgiy Agzamov – o‘zbekistonlik ilk xalqaro grossmeyster.

Agzamov 1984-yilda (30 yoshida) o‘zbek shaxmatchilari orasida birinchi bo‘lib xalqaro grossmeyster unvonini qo‘lga kiritgan.

Tursunoy Saidazimova – birinchi o‘zbek aktrisasi. U faqat san’at sahnasidagina emas, ayollarning ma’naviy ozodligi yo‘lida ham kurashgan fidoyi shaxs hisoblanadi.

Solijon Sharipov – ilk o‘zbek kosmonavt. Sharipov 1998-yilda koinotga parvoz qilgan. U ikki marotaba kosmosga uchgan va “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.

Rufat Risqiyev – jahon chempioni bo‘lgan birinchi o‘zbek bokschisi. U 1974-yilda Kubada o‘tgan musobaqada g‘olib bo‘lgan. Keyin Olimpiadada kumush medalni qo‘lga kiritgan.

Bashorat Mirboboyeva – ilk ayol parovoz mashinisti. Shuningdek, Mirboboyeva birinchi parashyutchilardan. U 1937-yildan boshlab O‘zbekistondagi birinchi ayol parovoz mashinisti bo‘lgan.

Dilbar Abdurahmonova – o‘zbek va sovet dirijyori, skripkachisi. 1977-yilda SSSR Xalq artisti unvoniga sazovor bo‘lgan va tarixda birinchi ayol dirijyor sifatida tanilgan.

Sobira Xoldorova – qatag‘onda qurbon bo‘lgan ilk ayol jurnalist.

Xabarga ko‘ra, bugungi kunda “O‘zbekistonning birinchi qaldirg‘ochlari” nomli hujjatli film namoyishi rejalashtirilgan. Filmda elga ibrat bo‘lgan bu shaxslar haqida qisqa, ta’sirchan lavhalar o‘rin oladi.