Uchta togʻam bor. Uchalasiyam “rassiyachi” edi. Ikkitasi haliyam “rassiyachi”. Faqat bittasi 5-6 yilcha ishladi-yu, topganiga mol-qoʻy qilib, shuni orqasidan roʻzgʻor tebratdi. Oʻziga shu yoqadi, moldoʻxtir-da. Ayrimlar, ayniqsa, xotini togʻamni noshudga…
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">Uchta togʻam bor. Uchalasiyam “rassiyachi” edi. Ikkitasi haliyam “rassiyachi”. Faqat bittasi 5-6 yilcha ishladi-yu, topganiga mol-qoʻy qilib, shuni orqasidan roʻzgʻor tebratdi. Oʻziga shu yoqadi, moldoʻxtir-da. Ayrimlar, ayniqsa, xotini togʻamni noshudga chiqardi, “Ikkita oʻgʻling boʻlsa, kuching borida uy-joyni harakatini qilmaysanmi”, degan dashnomlar ostida yashadi. Lekin togʻam bitta zoʻr ish qildi: bolalarini oʻqitdi. Qiynaldi, qarz boʻldi, kam yedi, kiymadi, lekin bollarini oʻqitdi.
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">Esimda, ukalari togʻamning koʻzini ochirishmasdi, “bollaringni semirganini qara, bu tengilar dalada ketmon chopyapti, non topyapti, senikilarning qoʻlidan kitob tushmaydi, boqibegʻamlar, onasini qornidan tushgandan beri kursga boradi”, degan gaplar boʻlgan. Lekin togʻamning hech kim bilan tortishib-bahslashganini koʻrmaganman. Feʼli keng odam edi.
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">Hozir oʻsha qoʻlidan kitob tushmaydigan ogʻillarning biri Dubayda yoʻl qurilish kompaniyasida injiner, bittasi otasining yoʻlidan borib, ichki ishlarda kinolog boʻlib ishlayapti, Toparmon-tutarmon yigitlar.
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">Togʻam haliyam mol boqadi. Nima qilibdi shunga, ukalaridek sovuq oʻlkalarda kimlargadir qaram boʻlib ishlayotgani, oilasini bir yilda bir koʻrayotgani, buyragini sovuqqa oldirgani yoʻq. Kichik togʻalarimning esa dangʻillama uyi hanuz bitmadi. Bitmaydiyam. Bolalariyam oʻzlaridek “rassiyachi” boʻldi. Qachonlardir akasining bolalariga namuna boʻlgandir, lekin hozir ularga faqat havas qiladi.
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">Togʻam otalik, erkaklik, insonlik vazifasini aʼlo darajada yashab oʻtyapti. Dangʻillama uyiyam bor, quvonarlisi, bu uchun u yillab umrini sovuq oʻlkalarda oʻtkazmadi, qul boʻlmadi, shunchaki yuragi buyurgan ishlarni qildi. <span style="font-family:"Times New Roman",serif">Togʻam <span style="font-family:"Times New Roman",serif">– <span style="font-family:"Times New Roman",serif">qahramon!
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">Oygul HAMIDULLAYEVA
<span style="font-family:"Times New Roman",serif">Foto: Behzod BOLTAYEV